
Gigabyte kompaniyasi Nvidia’ning yangi GeForce RTX 5060 grafik kartasining birinchi pastprofil versiyasini taqdim etdi, deb iXBT.com sayti xabar berdi.
GeForce RTX 5060 OC Low Profile 8G nomli ushbu model pastprofil dizaynga ega bo‘lib, uzunligi atigi 182 mm. Ya’ni, bu karta juda past va bir vaqtning o‘zida juda ixcham.
Shunga qaramay, unda uchta fan va issiqlik quvuri joylashgan sovutish tizimi mavjud. Karta ikkita kengaytma slotini egallaydi va tasvir uzatish uchun to‘rtta chiqish portiga ega.
Quvvatlanish uchun sakkizta kontaktli ulagichdan foydalaniladi, bu esa bu turdagi adapter uchun yetarli. Hozircha bu RTX 5060’ning yagona pastprofil varianti hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun RTX 5060 Ti 16GB’ning imkoniyatlari va Radeon RX 9060 XT’ning taxminiy chiqish sanasi haqida ma’lumotlar ham e’lon qilindi. Ushbu AMD kartasi Nvidia’ning ikkala modeli bilan raqobat qilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar