
Windows 11 tizimida Copilot sun’iy intellekt yordamchisi ayrim foydalanuvchilarning roziligisiz avtomatik tarzda ishga tushmoqda, deb Wylsa.com xabar berdi.
GitHub’dagi REKT Wallet kriptohamyon ishlab chiqaruvchisi aytishicha, Visual Studio Code dasturi ochiq turgan paytda Copilot o‘z-o‘zidan faollashgan va barcha ochiq oynalarga kirib, shaxsiy fayllar, API kalitlar, YAML sirlar va xavfsizlik sertifikatlariga ega bo‘lgan.
Reddit foydalanuvchilari ham Copilot’ni ilgari butunlay o‘chirib qo‘yganiga qaramay, Windows 11’ning so‘nggi yangilanishi uni yana ishga tushirganini bildirgan. Microsoft maxfiylik sozlamalarini “tasodifan” o‘zgartirib yuborgan bo‘lishi mumkin.
Eng qizig‘i, Copilot’ni butunlay o‘chirish ham mushkul: faqat PowerShell orqali vaqtincha to‘xtatish mumkin. Biroq keyingi yangilanishda u yana qaytadi, agar Microsoft uni yana olib tashlamasa. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar