
Intel kompaniyasida qisqartirishlar davom etmoqda: hafta oxirigacha xodimlarning 20 foizi ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda, deb Bloomberg muxbirlari Ian King va Jane Lanhee Lee xabar berdi. Bu taxminan 15 ming kishi degani.
O‘tgan avgust oyida vaqtincha bosh direktor bo‘lgan Pat Gelsinger kompaniya xarajatlarini kamaytirish uchun dividend to‘lovlarini to‘xtatgan va 15 mingga yaqin xodimni ishdan bo‘shatgan edi.
Endi esa yangi rahbar — Lip-Bu Tan eski uslubni davom ettirmoqda: u boshqaruv tuzilmasini soddalashtirib, har beshinchi xodimni ishdan bo‘shatmoqchi.
Qaysi loyihalar to‘xtatilishi hozircha noma’lum. Ammo Tan AQShdagi chip ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalarni egallab, NVIDIA, AMD va hatto TSMC bo‘sh o‘rinlarini egallash orqali Tramp bojlaridan foyda ko‘rishni mo‘ljallamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar