
Samsung kompaniyasi Galaxy S25 Edge nomli yangi flagman smartfonini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. pepelac.news ma’lumotlariga ko‘ra, bu model brend tarixidagi eng yupqa va zamonaviy qurilmalardan biri bo‘ladi.
Smartfon 2025 yil 13 may kuni taqdim etilishi kutilmoqda. Insayderlarga ko‘ra, xususiyatlar Samsung'ning marketing hujjatlaridan olingan.
Galaxy S25 Edge quyidagi texnik xususiyatlarga ega:
Snapdragon 8 Elite protsessori
One UI 7 tizimi
6,66 dyuym AMOLED ekran, 120 Gts yangilanish tezligi
12 GB operativ xotira
256 yoki 512 GB doimiy xotira
200 MP asosiy, 12 MP ultra-keng kamera
10 MP old kamera
3 900 mA/soat batareya, 25 Vt quvvatlash
Qurilmaning qalinligi atigi 5,8 mm, og‘irligi 163 gram. IP68 darajasidagi himoya, titandan tayyorlangan korpus va Gorilla Glass Ceramic 2 bilan mustahkamlik ta’minlanadi.
Galaxy S25 Edge Titanium Icyblue, Titanium Silver va Titanium Jetblack ranglarida taqdim etiladi. AQShda 30 maydan $1100–$1300 narxda sotuvga chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar