date
views 44

Nubia kuchli ekranli o‘yin planshetini taqdim etdi

Nubia kuchli ekranli o‘yin planshetini taqdim etdi
Nubia kompaniyasi Xitoyda yangi kuchli Android planshetini — Nubia Tablet Pro’ni taqdim etdi, deb xabar bermoqda pepelac.news. Uning boshlang‘ich narxi 2 799 yuan yoki taxminan 32 million so‘mni tashkil qiladi.

Ushbu planshet 10,9 dyuymli 2.8K LCD ekran va 144 Gts yangilanish tezligiga ega. Unda Snapdragon 8 Gen 3 protsessori, 8, 12 yoki 16 GB LPDDR5 tezkor xotira va 1 TBgacha UFS 4.0 doimiy xotira mavjud.

AnTuTu testlarida 2,32 million ball to‘plagan. Akkumulyatori 10 100 mA/soat bo‘lib, 66 Vt quvvat bilan tez zaryadlanadi. Qurilmaning korpusi metall, qalinligi 7,3 mm, og‘irligi esa 525 grammdir.

Multimedia tajribasi uchun 4 ta dinamik, DTS:X tizimi va sun’iy intellekt funksiyalari qo‘shilgan. Planshet 6 maydan boshlab Xitoyda sotuvga chiqadi, maxsus 1,3 mm yurishga ega klaviatura bilan ham mavjud bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nubia kuchli ekranli o‘yin planshetini taqdim etdi