
Yaponiyaning Thanko kompaniyasi USB orqali ishlaydigan va istalgan joyda foydalanishga mo‘ljallangan ixcham hamda qulay konditsionerni taqdim etdi. Ushbu innovatsion qurilma yozning issiq kunlarida xona yoki ofisda haroratni tezda pasaytirish imkonini beradi.
Konditsionerning tashqi ko‘rinishi oddiy suv idishi yoki shisha kabi ixcham va jozibador shaklda tayyorlangan bo‘lib, uni istalgan stol yoki boshqa tekis yuzaga osonlik bilan joylash mumkin.
Qurilmaning asosiy qismini sovutish tizimiga ega maxsus "kanistr" tashkil etadi. Uni ishlatish juda oson: sovutish kartrijini faqatgina 20 daqiqaga muzlatgichga joylash va so‘ngra konditsioner ichiga qaytarib qo‘yish kifoya qiladi.
Ixcham konditsioner havo oqimini to‘g‘ridan to‘g‘ri insonga yoki salqinlash kerak bo‘lgan aniq hududga yo‘naltirish imkoniyatini ham taqdim etadi. Thanko kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, konditsioner ichidagi maxsus sovutish elementi bir marta muzlatilganidan keyin, taxminan olti soat davomida sovuqlikni saqlab tura oladi.
Qurilma uchta turli quvvat rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi va USB kabeli orqali elektr tarmog‘iga ulanib ishlaydi. Qayd etish joiz, konditsioner batareyaga ega emas, shu bois uni ishlatish uchun doimiy elektr ta’minoti kerak bo‘ladi.
Thanko tomonidan ishlab chiqarilgan bu mini-konditsioner og‘irligi ham atigi 2,5 kilogramm bo‘lib, uni istalgan joyga olib borish juda qulay. Ichiga o‘rnatilgan maxsus filtr esa havodagi chang va zararli zarrachalardan himoya qiladi.
Qurilmaning savdosi 19 aprel kunidan boshlab Yaponiya bozorida boshlangan. Ushbu innovatsion konditsionerning xalqaro bozorda ham talabgir bo‘lishi kutilmoqda.
YaponiyaThanko KompaniyasiInnovatsion KonditsionerUSB orqaliIxcham QurilmaSalqinlash Imkoniyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar