
Microsoft korporatsiyasi 2025 yil 1 maydan boshlab o'zining Xbox konsollari va ularga tegishli aksessuarlar narxlarini oshirdi, deb uz.kursiv.media xabar berdi.
Yangi narxlarga ko'ra, 512 GB hajmdagi Xbox Series S 26,6% ga oshirilib, $380 (taxminan 4 560 000 so'm) bo'ldi. Kuchliroq model bo'lgan Xbox Series X esa 20% ga qimmatlashib, $600 (taxminan 7 200 000 so'm) ga yetdi. Shuningdek, kontrollar narxi $70 dan $80 (taxminan 960 000 so'm) ga ko'tarildi.
Microsoft bu qarorni bozor sharoiti va rivojlanish xarajatlarining ortishi bilan izohladi.
Bundan avval, Sony korporatsiyasi ham Yevropadagi PlayStation konsollari narxini 25% ga oshirgan edi. Bu o'zgarishlar AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan savdo bojlar ta'sirida amalga oshirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar