
Joriy yilning aprel oyida Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu Pro 6 modelini namoyish qilgan edi. Smartfon eng kuchli MediaTek prosessori va Cirrus Logic SAA chip-kodeki bilan jihozlanib, undan tashqi xotira kartasiga mo‘ljallangan slot olib tashlangan edi.
Yaqinda Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda Meizu kompaniyasining yangi flagmani deb taxmin qilinayotgan smartfonning suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Terabayt.uz sayti bergan xabarda aytilishicha, suratlarda aks etgan Meizu Pro 7 flagmaniga Edge-ekran va aylana chaqnoq bilan o‘ralgan kamera o‘rnatilishi mumkin.

Qizig‘i smartfonda mBack tugmasi mavjud emas, uning o‘rniga qurilmada sersorli doira ko‘zda tutilgan. Biroq hozircha xulosalar bilan shoshmagan ma’qul. Rasmiy xabarga ko‘ra, Meizu Pro 7 keyingi yilda taqdim etiladi, 30 noyabrda esa Pro 6 Plus modelining taqdimoti o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar