
Xiaomi kompaniyasi yangi 90 Vt quvvatga ega GaN texnologiyasiga asoslangan zaryadlovchi qurilmasini taqdim etdi, deb 4pda xabar berdi.
Ushbu zaryadlovchi qurilma 34 x 34 x 45 mm o'lchamga ega bo'lib, faqat bitta Type-C portiga ega. Uning dizayni an'anaviy kub shaklidan farq qilib, yumaloq qirralarga ega va juda kompakt. Qurilmada yopiladigan vilkalar mavjud.
Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, yangi zaryadlovchi an'anaviy (GaN bo'lmagan) analoglariga nisbatan 48% kichik va 33% engil.
Zaryadlovchi 90 Vt tez zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydi va QC, PD va PPS kabi ommabop standartlarga mos keladi. Komplektda 1,5 metrlik USB-C kabeli ham mavjud.
Zaryadlovchi Xiaomi 15 Pro smartfonini 30 daqiqada 83% ga, iPhone 16 Pro Max'ni 55% ga va vivo X100 Pro'ni 97% ga zaryadlaydi.
Yangi zaryadlovchi Xitoyda 169 yuan (taxminan $23 yoki 276,000 so'm) narxda sotilmoqda. Kabelsiz varianti 149 yuan (taxminan $21 yoki 252,000 so'm). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar