date
views 48

Qualcomm 80 yadroli server protsessorini ishlab chiqmoqda

Qualcomm 80 yadroli server protsessorini ishlab chiqmoqda
Qualcomm kompaniyasi o‘zining ilk serverga mo‘ljallangan protsessorini ishlab chiqmoqda — u SD1 deb nomlanadi va 80 ta Oryon yadrosiga ega bo‘ladi, deb xabar berdi 3DNews.

Bu yangilik Computex 2025 taqdimoti vaqtida qisqa sarlavha orqali e’lon qilindi. Kompaniya rahbariyati bu yo‘nalishdagi rejalari haqida so‘zlashni taqdimotning so‘nggi daqiqalariga qoldirdi. Biroq ko‘rsatilgan slaydlar va axborotlarga ko‘ra, Qualcomm server bozorida ayniqsa sun’iy intellekt tizimlari uchun mos protsessorlar orqali o‘z faoliyatini kengaytirmoqchi.

SD1 protsessori quyidagilar bilan jihozlanadi:

• 80 ta Oryon hisoblash yadrosi.
• HBM (High Bandwidth Memory) xotira texnologiyasi.
• PCI Express 5.0 interfeysi.
• Nvidia’ning NVLink Fusion texnologiyasi bilan integratsiya.

Aynan NVLink Fusion protsessorga Nvidia komponentlari bilan moslashuvchanlik beradi. Qualcomm tomonidan 2021-yilda xarid qilingan Nuvia startapi ARM asosida server protsessorlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan edi. Shu tajriba asosida SD1 chipi ishlab chiqilishi kutilmoqda.

ARM va Qualcomm o‘rtasida hali ham intellektual mulk masalalari bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda. Yakuniy tafsilotlar sentabr oyida Gavaiyda o‘tadigan Snapdragon Summit tadbirida oshkor qilinishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qualcomm 80 yadroli server protsessorini ishlab chiqmoqda