date
views 21

OpenAI uchun data-markazga $11,6 mlrd investitsiya kiritildi

OpenAI uchun data-markazga $11,6 mlrd investitsiya kiritildi
OpenAI uchun mo‘ljallangan Texas shtatidagi data-markaz $11,6 milliard miqdorida qarz va aksiyaviy kapital shaklida moliyalashtirildi, deb xabar bermoqda Interfax. Moliyalashtirish Crusoe startapi va Blue Owl Capital investitsiya kompaniyasi tomonidan ta’minlanmoqda.

Loyiha dastlab ikki binodan iborat edi, lekin yangi mablag‘ evaziga sakkizta binoga kengaytiriladi. Bu markaz sun’iy intellektni o‘qitish bo‘yicha dunyodagi eng yirik inshootlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

OpenAI rahbari Sem Altman bu obyektni “dunyoning eng katta AI-o‘quv markazi” deb atadi. Qurilish 2024 yil iyun oyida boshlangan va 2026 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Har bir binoda 50 mingtagacha Nvidia Blackwell chipi o‘rnatiladi. Ushbu chiplar AI modellarni o‘rgatish uchun ishlatiladi. Chiplarni Oracle kompaniyasi yetkazib beradi. Oracle Crusoe qurayotgan data-markazni 15 yilga ijaraga olib, uni OpenAI’ga server sifatida taklif etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI uchun data-markazga $11,6 mlrd investitsiya kiritildi