
Google kompaniyasi Android Auto avtomobil platformasiga yangi funksiyalar qo‘shmoqda, deb rozetked.me xabar berdi.
Yaqin oylarda quyidagi yangiliklar kutilyapti:
• Spotify Jam – QR-kod orqali bir nechta odam bitta playlistni birgalikda boshqarishi mumkin bo‘ladi.
• Brauzer va video ilovalari – ular faqat avtomobil to‘xtagan holatda ishlaydi.
• Yorug‘ rejim (Light Mode) – ko‘z uchun qulay interfeys.
• Quick Share – Google Maps’da manzil va to‘xtash joylarini tez qo‘shish funksiyasi.
• Passkey qo‘llab-quvvatlovi – tizimda xavfsizlikni oshiradi.
Shuningdek, brauzerlar va o‘yinlar hozircha beta-versiyada, ob-havo ilovalari esa endi to‘liq ishga tushgan.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar