date
views 92

Samsung OneUI 8 beta sinovini ishga tushirdi

Samsung OneUI 8 beta sinovini ishga tushirdi
Android 16 yaqinda taqdim etilgandi, Samsung esa allaqachon OneUI 8‘ni sinashni Android‘ning so‘nggi versiyasida boshladi, deb Samsung xabar berdi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, yangi OneUI 8ning asosiy xususiyatlaridan biri Galaxy AI imkoniyatlarini yana-da rivojlantirish hisoblanadi.

Beta versiyani o‘rnatish uchun Samsung aʼzolari o‘z hisoblari bilan Samsung Members ilovasiga kirib, maxsus taklifnomani qabul qilishlari lozim.

OneUI 8‘dagi yangiliklar orasida bir necha Bluetooth uskunalarini bir vaqtda ulashga mo‘ljallangan Auracast‘ni yaxshilash, Quick Share paneli va “Eslatmalar” ilovasiga qo‘shimcha qulay va intuitiv funksiyalar kiritilgan.

Hozircha taklif S25 turkumi uchun va faqat Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya hamda AQSH kabi baʼzi davlatlarda amal qiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, OneUI 8‘ning to‘liq chiqishi iyul oyida yangi Samsung buklanadigan smartfonlari taqdimoti bilan birga bo‘lib o‘tadi.

Samsung‘ning taʼkidlashicha, yangilanishni tezkor ishga tushirish Google bilan yaqin hamkorlik natijasi bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung OneUI 8 beta sinovini ishga tushirdi