
Toza va zamonaviy turmushning yetakchi brendlaridan biri bo‘lgan Dyson yana bir innovatsion qurilmasi — PencilVac changyutgichini taqdim etdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu qurilma hozirgi kunga kelib dunyodagi eng yupqa changyutgich hisoblanadi. Yangi qurilma nafaqat dizayn, balki foydalanish qulayligi va funksional imkoniyatlari jihatidan ham o‘ziga xos bo‘lib, kundalik uy ishlarini yengillashtirishda yangi bosqichni boshlaydi.
Yupqalikda rekord:
PencilVacning asosiy diqqatga sazovor jihati — uning hayratlanarli darajada yupqa tuzilmasidir. Dastak qismi bor-yo‘g‘i 38 mm diametriga ega bo‘lib, bu kompaniyaning mashhur Dyson Supersonic feni bilan deyarli bir xil. Dvigatel va elektronika mana shu yupqa tanaga joylashtirilgan — natijada qurilma tashqi ko‘rinishida oddiy shvabrani eslatadi.
Omni-glide o‘rnini bosuvchi:
Dyson o‘zining avvalgi modellaridan biri — Omni-glide o‘rnini bosuvchi sifatida PencilVacni taqdim etmoqda. Yangi changyutgich avvalgisidan ham yupqa va yengil — umumiy og‘irligi 1,8 kg. Qolaversa, Omni-glide'dagi ikki aylanuvchi chetkaning o‘rniga, PencilVacda to‘rtta aylanuvchi chetka mavjud bo‘lib, bu tozalash samaradorligini ikki barobar oshiradi.
Texnik xususiyatlar:
- Motor diametri — 28 mm;
- Aylanish tezligi — 140 000 aylanish/daqiqa;
- So‘rish quvvati — 55 AW;
- Filtr tizimi — ikki bosqichli, samaradorlikni yo‘qotmaslik va chang tarqalmasligi uchun;
- Chiqindi idishi — sig‘imni oshiradigan maxsus siqish mexanizmiga ega;
- LCD displey — tozalash rejimi va akkumulator holatini ko‘rsatuvchi ekran.
Kimlar uchun mos?
PencilVac yukli jihozlardan charchagan va minimalizmga o‘ch, qulaylikni qadrlovchi har qanday uy uchun ideal tanlov bo‘ladi. Uning yupqaligi, yengilligi va texnik jihatdan zamonaviyligi nafaqat xonadonlarda, balki ofis, studiya yoki tor joylarda ham erkin harakatlanish imkonini beradi.
Dyson'ning bu yangi ixtirosi changyutgichlar olamidagi navbatdagi inqilob bo‘lishi shubhasiz. Qurilma rasman “intellektual tozalik” davrini boshlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar