
Telegram asoschisi Pavel Durovning aytishicha, bu yozda Telegram messenjerida Ilon Maskning xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan Grok sun’iy intellekt chatboti ishga tushadi, deb Kursiv xabar berdi.
Durov va Mask Telegram’da Grok’ni joriy etish bo‘yicha bir yillik hamkorlik haqida kelishib olishgan. Grok barcha Telegram foydalanuvchilari uchun, barcha platformalarda mavjud bo‘ladi.
Bu kelishuv Telegram uchun daromad manbaiga aylanadi. Durovga ko‘ra, kompaniya xAI’dan $300 million oladi — bir qismi pul, qolgan qismi esa aksiyalar shaklida. Bundan tashqari, Telegram Grok uchun rasmiy ilova orqali ro‘yxatdan o‘tilgan obunalardan tushgan daromadning yarmiga egalik qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar