
Apple kompaniyasi 2025-yil iyun oyidagi WWDC anjumanida operatsion tizim nomlarini o‘zgartirishini e’lon qiladi, deb Rozetked Bloombergga tayanib xabar berdi.
Shunga ko‘ra, iOS 19 o‘rniga iOS 26 nomi tanlanadi. Xuddi shuningdek, macOS 26, iPadOS 26, watchOS 26, tvOS 26 va visionOS 26 nomlari ham yangilanadi.
Bu o‘zgarish foydalanuvchilar va dasturchilar uchun chalkashlikni oldini olish va brend ichidagi yagona raqamli tartibni ta’minlash maqsadida joriy qilinmoqda.
Yangi tizimlarning funksiyalari haqida ma’lumotlar an’anaviy tarzda WWDC konferensiyasida e’lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar