Apple o‘z qurilmalarini mushukka o‘xshab qulaydigan qiladi

Apple o‘z qurilmalarini mushukka o‘xshab qulaydigan qiladi
Apple o‘z qurilmalarini mushukka o‘xshab qulaydigan qiladi

Apple kompaniyasi AQShda o‘z gadjetlarini qulash vaqtida himoya qilish bo‘yicha texnologiyani patentladi, Bu haqda «Vedomosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda . Gizmodo blogining taxmin qilishicha, ushbu himoya tizimiga ega bo‘lgan iPhone parvoz paytida o‘zini o‘nglab olib, panjalari bilan yerga tushishga qodir bo‘lgan mushuk kabi qulaydi.

Ishlab chiqilgan tizim qulagan vaqtda gadjetdagi qaysi detallar zarar ko‘rishi mumkinligini aniqlaydi va oniy og‘ish qonunidan foydalangan holda parvoz chog‘ida uning yo‘nalishini o‘zgartiradi. Natijada ekran, kameralar yoki boshqa nozik qismlarga zarar yetishining oldi olinadi.

Qulash boshlangan paytda maxsus sensorlar ishga tushadi va qurilmaning makondagi holatini aniqlaydi. Shundan so‘ng ular protsessor bilan birgalikda qulash tezligini, u sodir bo‘ladigan taxminiy vaqtni va harakatning boshqa xususiyatlarini o‘rganadi. Hisob-kitoblar amalga oshirilgach, tizim himoya mexanizmini ishga tushiradi, u parvoz vaqtida gadjetning vaziyatini o‘zgartiradi.

Foto: Fotolia

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar