
Xiaomi yangi Magnetic Ultra-Slim nomli ultrayupqa tashqi akkumulyatorini taqdim etdi, deb Rozetked xabar berdi. Qurilmaning sig‘imi 5000 mA·soat bo‘lib, u MagSafe orqali simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Akkumulyator yupqa alyuminiy korpusda ishlab chiqilgan bo‘lib, qalinligi atigi 8,7 mm. Bu esa yuqori zichlikdagi litiy-kobalt-oksid batareyasi tufayli amalga oshirilgan.
Qurilma sim orqali 22,5 Vt, simsiz usulda esa 15 Vt kuch bilan quvvat bera oladi. Xiaomi ma’lum qilishicha, akkumulyator 300 martalik zaryaddan so‘ng ham o‘z sig‘imining 80% ini saqlab qoladi.
U MagSafe standartlariga to‘liq mos va bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmani simli va simsiz usulda zaryadlash imkonini beradi.
Yangi akkumulyator Xitoyda allaqachon sotuvda va narxi 23 dollar (~292,000 so‘m). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar