
Amerikalik Aircela nomli startap kompaniyasi atmosferadagi karbonat angidrid (CO2) gazidan suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi innovatsion qurilmasini taqdim etdi.
Yangi texnologiya mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu yoqilg‘i hozirda foydalanilayotgan benzinli avtomobillarga to‘liq mos keladi. Hozircha bir litr yoqilg‘ini olish uchun qancha vaqt ketishi bo‘yicha aniq ma’lumot berilmagan.
Qurilma ixcham bo‘lib, uni oddiy garaj yoki hovlida saqlash mumkin. Masshtabli ishlab chiqarishni Aircela joriy yilning kuzida boshlashni rejalashtirmoqda.
Bu texnologiya nafaqat ekologik toza alternativani taklif qilmoqda, balki yaqin kelajakda yoqilg‘i sohasida inqilob yasashi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar