date
views 116

Google Veo 3'ni 73 mamlakatda ishga tushirdi

Google Veo 3'ni 73 mamlakatda ishga tushirdi
Google o‘zining sun’iy intellektli video generatori Veo 3'ni 73 ta yangi mamlakatda ishga tushirdi, deb Rozetked xabar berdi. Bu ro‘yxatda Turkiya va Buyuk Britaniya ham bor.

Veo 3 to‘liq imkoniyatlari bilan faqat Google AI Ultra rejasi obunachilariga taqdim etiladi. AI Pro foydalanuvchilari esa Gemini ilovasida 10 ta sinovli video yaratish va Flow’da cheklangan funksiyalardan foydalanish imkoniga ega.

Endilikda Veo 3 mobil qurilmadagi Gemini ilovasida ham mavjud. Yaralgan barcha videolar SynthID suv belgisi bilan belgilanadi. Flow’da Ultra foydalanuvchilari tomonidan yaratilgan videolarda esa ko‘zga ko‘rinadigan belgi bo‘lmasligi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Veo 3'ni 73 mamlakatda ishga tushirdi