date
views 140

Yevropada smartfonlar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash qoidalari kuchga kiradi

Yevropada smartfonlar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash qoidalari kuchga kiradi
2025 yil 20 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqida smartfon va planshetlar uchun yangi texnik qo‘llab-quvvatlash qoidalari kuchga kiradi, deb Rozetked.me xabar berdi. Bu o‘zgarishlar elektron chiqindilarni kamaytirish va qurilmalarning foydalanish muddatini uzaytirish maqsadida joriy etilgan.

Endilikda shu sanadan keyin savdoga chiqadigan har bir smartfon va planshet quyidagi talablarni bajarmog‘i kerak:
• Chiziqlarga, tushishlarga chidamlilik, chang va suvga qarshi himoya (aniq sertifikat keltirilmagan).
• Akkumulyator kamida 800 marta quvvatlanishi va hajmning 80% ini saqlab qolishi kerak.
• Zaxira qismlar 5–10 kun ichida yetkazilishi, sotuvdan chiqqandan keyin ham 7 yilgacha mavjud bo‘lishi lozim.
• Operatsion tizim yangilanishlari qurilma oxirgi marta do‘konga tushgan vaqtdan boshlab kamida 5 yil davom etishi kerak.
• Usta va ta’mirlovchilar zarur bo‘lgan dastur yoki “firmware”lardan bemalol foydalanish huquqiga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, har bir yangi qurilmada energiya samaradorligi, quvvatda ishlash vaqti, himoya darajasi, va ta’mirlash reytingi махсус белгиси бўлади.

Biroq bukiluvchi ekranli qurilmalar (foldable) ushbu talablar doirasiga kirmaydi. Evrokomissiya bu qadamлар билан nafaqat resurs va energiya sarfini, balki umumiy sotuv hajmini ham kamaytirishni ko‘zlamoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yevropada smartfonlar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash qoidalari kuchga kiradi