date
views 94

Xiaomi Mi Band 10’ning rasmiy renderlari e’lon qilindi

Xiaomi Mi Band 10’ning rasmiy renderlari e’lon qilindi
Xiaomi kompaniyasining navbatdagi yubiley fitnes brasleti — Mi Band 10’ning yuqori sifatli rasmiy renderlari internetda paydo bo‘ldi, deb Rozetked xabar berdi. Ularni insayder Sudhanshu Ambhore taqdim etdi.

Yangi model tashqi ko‘rinish jihatidan deyarli o‘zgarmagan: u ham an’anaviy oval kapsula dizaynida bo‘lib, korpusi alyuminiydan yasalgan va suvga chidamlilik darajasi 5 ATM darajasida qolgan. Brasletning ekrani 0,1 dyuymga kattaroq bo‘lib, endi 1,72 dyuymni tashkil qiladi (oldingi Mi Band 9 da 1,62"). Ekranning aniqligi 520×212.

Mi Band 10 uchta rangda taqdim etiladi: kumushrang, qora va pushti. U HyperOS 2 operatsion tizimida ishlaydi va 233 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan. Bu batareya 21 kungacha avtonom ishlash imkonini beradi. Shuningdek, Bluetooth 5.4 moduli ham saqlangan.

Rasmiy taqdimot hali bo‘lmagan, ammo Xiaomi odatda Mi Band modellarini yoz oylarida taqdim etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Mi Band 10’ning rasmiy renderlari e’lon qilindi