
Reddit foydalanuvchisi Educational_Ice151 Perplexity Labs’ning yordami bilan Wi-Fi orqali devor ortidagi odamlarni kuzatishga qodir tizim yaratganini ma’lum qildi, deb Rozetked xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, loyiha 25 dollarlik (taxminan 320 000 so‘m) oddiy router yordamida amalga oshirilgan.
DensePose-from-WiFi deb nomlangan ushbu tizim Wi-Fi signallarining aksini (CSI) neyron tarmoq orqali tahlil qilib, insonlarning jismoniy holatini real vaqtda aks ettiruvchi tizim sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, RTMP orqali ma’lumotlar interaktiv panelga uzatilgan.

Muallif loyiha Perplexity Labs sun’iy intellekti yordamida bir soatdan kamroq vaqt ichida yaratilganini bildirgan. Biroq Reddit foydalanuvchilari tizimni tanqid qilib, undagi kod real signal emas, balki simulyatsiya qilingan ma’lumotlardan foydalanganini aniqlashgan.
Demoversiya hattoki bo‘sh xonada ham odam harakatini ko‘rsatgan, «jihozni ulash» tugmasi esa faqat ko‘rsatma sifatida yaratilgan. Oddiy Wi-Fi routerlar bu darajadagi signal ma’lumotlarini bera olmaydi. Bunday texnologiyani real ishlatish uchun maxsus uskunalar talab qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar