Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 bilan yuzaga kelgan mojarodan so‘ng yangi flagman smartfonini ishlab chiqarish borasidagi rejalarini qayta ko‘rib chiqqan bo‘lishi mumkin. Biroq insayderlarning ta’kidlashicha, kompaniya yangi Samsung Galaxy S8 edge smartfonini Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress 2016 ko‘rgazmasi arafasida baribir namoyish qiladi. Smartfonning birinchi renderi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi.
Ehtimol qilinishicha, bu render smartfonda namoyish qilingan Samsung’ning reklama videosidan lavhadir. Undan ko‘rinishicha, yangi modelning dizayni avvalgi modellarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Edge-versiya egilgan ekran va orqa panelida ikki kamera bilan jihozlangan.
Ehtimol, bunday kamera faqatgina Samsung Galaxy S8 edge’da bo‘ladi, smartfonning standart versiyasi bitta kamera bilan butlanadi. Modullarning joylashishi hamda ob’ektiv va chaqnoq blokining bezalishi Huawei Mate 9’ni eslatib yuboradi va iPhone 7 Plus’dan ancha farq qiladi.
Samsung Galaxy S8 edge ekrani atrofidagi ramkalar yanada ingichkaroq ishlangan. Kran tagida "Home" tugmasi yo‘q – ehtimol, displey ostida o‘rnatilgan barmoq izlarining ultratovushli skaneri qo‘llanadi, bu tugmaning o‘zi esa virtual ko‘rinishga kelgan.
Avvalroq yangi smartfon Snapdragon 835 chipseti yoki uning Samsung ishlab chiqargan muqobili, 6 Gb tezkor xotira, 64-256 Gb doimiy xotira bilan jihozlanishi ma’lum qilingandi. Samsung Galaxy S8 ekrani diagonali 5,7 dyuymni, Samsung Galaxy S8 edge’niki 6,2 dyuymni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi