
O‘zbekistonda Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 4 smartfoni — Redmi Note 3 modelining yangilangan versiyasi sotila boshladi, deb yozadi «Daryo». Yangi qurilma 5,5 dyuymli Full HD-displey va plastik detallari bo‘lmagan to‘liq metall korpusi bilan farqlanadi.
Telefonning pastki qirrasida bir juft dinamiklar, orqa tomonida 13 megapikselli kamera joylashgan, u barmoq izi skaneri bilan uyg‘unlashib ketgan. Smartfon «kapoti ostida» esa 10 yadroli MediaTek Helio X20 prosessori, 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira bor.
Toshkentning «Fleshka» savdo majmuasida Redmi Note 4 1 650 000 so‘mga taklif qilinmoqda. Taqqoslash uchun, Redmi Note 3’ni hozir 1 115 000 so‘mga xarid qilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar