
ChatGPT servisi ayrim foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qoldi. 10-iyun seshanba kuni ertalabdan boshlab platforma ishida jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda, deb rbc.ua xabar berdi.
ChatGPT ishida kuzatilgan uzilishlar haqida nimalar ma’lum?
Foydalanuvchilar chatni yuklash yoki so‘rovga javob olishga urinishda "Noto‘g‘ri ish ketdi" (Something went wrong) xatosini ko‘rmoqdalar. Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, muammolar taxminan Kiyev vaqti bilan soat 10:00 da boshlangan. Uzilishlar dunyoning ko‘plab mintaqalarini qamrab olgan.
OpenAI holat sahifasida bu vaqtda ayrim foydalanuvchilar "xatolar sonining oshgani va kechikishlarni" kuzata boshlaganini ko‘rsatib, muammolar ChatGPT, matndan video yaratish instrumenti Sora va OpenAI API’ga tegishli ekanini qayd etdi.
Soat 13:00 holatiga ko‘ra, OpenAI "Sora’da xatolar sonining oshgani" uchun alohida satr qo‘shdi, keyinchalik ChatGPT statusini "qisman uzilish"ga yangiladi.
Ba’zilar hali ham ChatGPT'ga kira oladi, lekin servisning sekin ishlayotganini va odatdagidan sezilarli darajada uzoqroq javob berayotganini payqashmoqda.
Boshqalar chat-botdan muammosiz foydalana olishmoqda, shuning uchun uzilishlar va xatolar barcha foydalanuvchilarga ta’sir qilmagan ko‘rinadi.
OpenAI "ushbu muammoni tekshirishni davom ettirayotganini" ma’lum qildi. Uzilish sabablari va servisning barqaror ishi qachon tiklanishi hozircha noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar