date
views 686

Huawei eng kuchli smartfonini taqdim etdi

Huawei eng kuchli smartfonini taqdim etdi
Huawei kompaniyasi Xitoyda o‘tkazilgan taqdimotda yangi flagman smartfonlar seriyasi — Pura 80’ni taqdim etdi, deb rozetked.me xabar berdi.

Lineykaga quyidagi modellar kiradi: Pura 80, Pura 80 Pro, Pura 80 Pro+ va Pura 80 Ultra. Yuqori modellar yangi avlod Kunlun Glass 2 oynasi bilan jihozlangan bo‘lib, u tirnalish va yiqilishlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Qurilma IP69 darajasidagi suv va changga qarshi himoyaga ega.

Pura 80 Ultra texnik xususiyatlari:
• O‘lchami: 163×76,1×8,3 mm, og‘irligi 233,5 g
• Ekran: 6,8", 2848×1276, LTPO-OLED, 1–120 Gts, 3000 nit, Kunlun Glass 2
• Kameralar: 50 MP (1"), 40 MP (keng), 50+12,5 MP (3.7x + 9.4x zumm), 1.5 MP spektral, 13 MP old kamera
• Protsessor: 8 yadroli Kirin 9020, 7 nm
• Xotira: 16 GB RAM + 512/1024 GB ROM
• Batareya: 5700 mA·soat, 100 Vt tezkor zaryad, 80 Vt simsiz
• Aloqa: USB-C 3.1, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.2, GPS, LTE, 5G, sun’iy yo‘ldosh aloqasi
• OS: HarmonyOS 5.1

Pura 80 Ultra modeli ilk bor ikki periskopli kamera tizimi bilan ta’minlandi. Bu orqali optik zumm diapazoni Pura 70 Ultra ga nisbatan 129% ga kengaygan. Qurilmada 3.7x va 9.4x optik yaqinlashtirish mavjud bo‘lib, maksimal zummda tasvirlar 12.5 MP o‘lchamida olinadi. Periskopdagi sensor o‘lchami — 1/1,28" — bu sohada eng kattalardan biri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei eng kuchli smartfonini taqdim etdi