
Xiaomi kompaniyasi Mijia 271L nomli yangi aqlli muzlatkichni taqdim etdi, deb rozetked.me xabar berdi. Uning asosiy afzalligi — ixcham o‘lchamlar va katta sig‘imga ega bo‘limlaridir.
Muzlatkichning kengligi atigi 56 sm bo‘lib, u kichik oshxonalar uchun ham juda qulay. Unda 3 ta asosiy bo‘lim mavjud:
• 151 litrli sovitkich
• 85 litrli muzlatkich
• 35 litrli haroratni nazorat qilish mumkin bo‘lgan bo‘lim (−20°C dan +5°C gacha)
Uskuna ionli sterillash tizimi va havo aylanishi orqali qo‘lda muzdan tushirishga ehtiyoj qoldirmaydi.
Shuningdek, muzlatkich kuniga atigi 0,59 kVt/soat energiya sarflaydi va shovqin darajasi 36 dB dan oshmaydi.
Qurilma telefon ilovasi orqali masofadan boshqarilishi mumkin. Hozirda Xitoyda 1599 yuan (taxminan 1 780 000 so‘m) narxda sotilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar