
Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu M5 Note smartfonini 6 dekabrda taqdim etishga qaror qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Avvalroq tarmoqda kuzatilgan ma’lumotlarda ushbu smartfon 30 noyabrda namoyish etilishi ma’lum qilingan edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra ishlab chiqaruvchi taqdimotni bir necha kunga kechiktirgan.
Xitoy telekommunikasiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida qayd etilgan smartfonga doir tafsilotlarga qaraganda, model 5,5 dyuymli FHD ekran, sakkiz yadroli Helio P10 prosessori, 2/3/4 GB operativ, 16/32/64 GB (uch xil modifikasiyada) doimiy xotira, 13 va 5 MPli kameralarga ega bo‘ladi. Akkumulyatorning sig‘imi ancha yirik – 4000 mA/soat. Hozircha smartfonning narxi noma’lum, biroq taxminlarga ko‘ra uning eng arzon versiyasi (2/16 GB) 130 dollar atrofida sotilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar