
Joriy oyning oxirigacha Samsung Electronics direktorlar kengashi kompaniyasini ikkita mustaqil qismga ajratish masalasini ko‘rib chiqadilar, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Qizig‘i shundaki, bunday tashabbus bilan kompaniyaning rahbariyati emas, balki koreys gigantining yirik investorlaridan biri bo‘lgan Elliott Management fondi chiqmoqda. Mazkur fond mutaxassislarining qayd etishicha, bunday harakat kompaniyaning samaradorligini kuchaytiradi va uning jahon birja bozoridagi qiymatini oshiradi. Sababi hozirgi murakkab korporativ tuzilma tufayli Samsung Electronics 70%gacha etarli darajada baholanmagan.
Elliott Management Samsung Electronics‘ni xolding va boshqaruvchi kompaniyaga ajratishni taklif etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar