
OnePlus kompaniyasi Bullets Wireless Z3 nomli yangi simsiz quloqchinlarini taqdim etdi, deb rozetked.me xabar berdi. Model 12,4 mm drayver, BassWave texnologiyasi, Bluetooth 5.4 va IP55 himoya tizimi bilan ta’minlangan.
Quloqchin atigi 10 daqiqa zaryad bilan 27 soat musiqa eshittiradi. To‘liq zaryad esa 36 soat musiqa va 21 soat suhbatga yetadi.
Ushbu garnitura Google Fast Pair orqali tez ulanish, fazoviy audio va aqlli shovqin kamaytirish funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bullets Wireless Z3 qora va qizil ranglarda sotuvga chiqadi. Narxi – 1699 hind rupiyasi, bu taxminan 255 000 so‘mga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar