
Panoramali selfi funksiyasi ilk bora bundan bir necha hafta ilgari taqdim etilgan HTC Bolt smartfonida paydo bo‘lgan edi. Endilikda mazkur kerakli funksiyadan HTC Camera ilovasi orqali boshqa HTC markasidagi smartfonlarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, deya yozmoqda Terabayt.uz nashri.
Xabar sarlavhasidan anglaganingizday, ushbu funksiyani smartfonning old kamerasida ishlatish mumkin. Mazkur yangilikdan tashqari, HTC Camera ilovasiga Pro rejimi uchun oldindan sozlanadigan parametrlar va bir qator tizim samaradorligini oshiradigan tuzatishlar qo‘shilgan. Ilovani Google Play resursidan bepul yuklab olish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar