date

Nvidia eng arzon RTX 5050 videokartani taqdim etdi

Nvidia eng arzon RTX 5050 videokartani taqdim etdi
Nvidia Blackwell oilasidagi eng byudjet model — RTX 5050 videokartasini taqdim etdi, deb rozetked.me xabar berdi.

Yangi model 8 GB GDDR6 xotira va 2560 ta CUDA yadrosi bilan jihozlangan. Solishtirish uchun, RTX 5060 modelida 3840 ta CUDA yadrosi mavjud. RTX 5050 maksimal 2,57 GHz chastotaga ega (Boost rejimida).

Karta DLSS 4 va ko‘p kadrli generatsiya kabi barcha zamonaviy Nvidia texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

RTX 5050 130 Vt quvvat sarflaydi. Sotuvi iyul oyi oxirida 249 dollar (taxminan 3 115 000 so‘m) narxda boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nvidia eng arzon RTX 5050 videokartani taqdim etdi