date

Tesla insonsimon roboti Optimus ishlab chiqarishni to‘xtatdimi? Sababi ma’lum

Tesla insonsimon roboti Optimus ishlab chiqarishni to‘xtatdimi? Sababi ma’lum
Ilon Mask rahbarligidagi Tesla kompaniyasi insonsimon robot — Optimus'ni ommaviy ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu qaror robotning texnik va dasturiy imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lib, Xitoy manbalariga ko‘ra, kompaniya taxminan yarim oy avval butlovchi qismlar xaridini ham to‘xtatib qo‘ygan.

Hozircha Tesla rasman bu haqda bayonot bermagan bo‘lsa-da, kompaniya ichki manbalari Optimus'dagi tuzilmaviy va funksional o‘zgarishlar yakunlanguniga qadar ishlab chiqarishni to‘xtatib, modernizatsiya jarayonini birinchi o‘ringa qo‘yganini tasdiqlamoqda. Bu jarayon ikki oygacha davom etishi mumkinligi aytilmoqda.

Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Optimusning yangi versiyasi avvalgi modellarga nisbatan ancha takomillashganini ma’lum qildi. Yangilangan robotda Grok chat-boti integratsiya qilingan bo‘lib, u orqali ovozli muloqot funksiyasi ishga tushirilgan.

Bundan tashqari, apparat qismlarda ham bir qator yaxshilanishlar ko‘zda tutilgan. Taxminlarga ko‘ra, yangi modelda harakatlarning aniqligi, manyovra qobiliyati va muvozanatni ushlash funksiyasi sezilarli darajada oshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Optimus loyihasidagi tuzatishlar iyun oyida, uning dastlabki rahbari Milan Kovach kompaniyani tark etganidan so‘ng boshlangan. Hozirgi paytda bu loyihani Tesla'da 11 yildan beri faoliyat yuritayotgan va avval avtopilot tizimini ishlab chiqqan Ashok Ellyusvami boshqarmoqda. U sun’iy intellekt sohasida katta tajribaga ega mutaxassis sifatida Optimus'ni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlashni maqsad qilgan.

Tesla'ning ushbu qaroridan ko‘rinib turibdiki, kompaniya insonsimon robotlar kabi yuqori texnologiyali mahsulotlarni bozorga chiqarishdan avval ularni mukammal shaklga keltirishni muhim deb biladi. Optimus dunyodagi ilk aqlli robotlardan biri sifatida ommaviy hayotga qadam qo‘yish arafasida turibdi va undan umidlar katta.

Shu sabab, ishlab chiqarishdagi tanaffus nafaqat texnik kamchiliklarni bartaraf etish, balki yaqin kelajakda robototexnika olamida yangi davrni boshlashga tayyorgarlik sifatida baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tesla insonsimon roboti Optimus ishlab chiqarishni to‘xtatdimi? Sababi ma’lum