date

Honor X70 yangi batareya rekordi bilan taqdim etiladi

Honor X70 yangi batareya rekordi bilan taqdim etiladi
Honor brendi o‘zining yangi avlod smartfoni — Honor X70 modelini iyul oyida namoyish etadi. Bu haqda Kursiv.media nashri ma’lum qildi.

Ushbu qurilma 6,79 dyuymli 1.5K sifatli tekis displeyga ega bo‘lib, uning eng asosiy jihati — 8300 mA⋅soatli akkumulatoridir. Bu ko‘pgina zamonaviy smartfonlardan ancha uzoq muddatli ishlash imkonini beradi.

Honor X70 80 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 512 GB xotiraga ega versiyasida simsiz zaryadlash funksiyasi ham mavjud bo‘ladi.

Gadjet Snapdragon 6 Gen 4 chipi asosida ishlaydi. Bu esa kundalik foydalanish uchun yetarlicha tezkorlikni ta’minlaydi. Qurilmaning qalinligi 7,7 mm, og‘irligi 193 gramm. Simsiz zaryadlashli varianti esa 7,9 mm va 199 gramm bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon oq, yashil va qora ranglarda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgarigi Honor X60 va X60 Pro modellarida akkumulator hajmi 5800 va 6600 mA⋅soatni tashkil etgan edi. Yangi X70 esa bu ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada ortda qoldiradi.

Taqdimot sanasi va narxi hozircha aniq emas, lekin yaqin vaqtlarda bu ma’lumotlar ham ochiqlanishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Honor X70 yangi batareya rekordi bilan taqdim etiladi