
Xitoyning Bluboo kompaniyasi bundan bir necha kun oldin o‘zining ilk qo‘sh kamerali smartfoni Bluboo Dual modelini namoyish qildi.
Terabayt.uz caytining yozishicha, smartfonga Sony tomonidan ishlab chiqarilgan 13 MPli sensor + 2 MPli qo‘shimcha kamera o‘rnatilgan. Selfi kameraning aniqligi 8 MP. Garchi modelning narxi arzon bo‘lsa-da, u to‘liq metall korpus va barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. Modelga 5,5 dyuymli Sharp tomonidan tayyorlangan Full HD ekran o‘rnatilgan. Displey Gorilla Glass 4 shishasi bilan himoyalangan, uni nam barmoqlar yoki qo‘lqop bilan ham boshqarish mumkin.

Bluboo Dual to‘rt yadroli MediaTek MT6737T prosessorida ishlaydi, tezkor xotirasining sig‘imi 2 GB. 16 GB doimiy xotira va microSD slot ko‘zda tutilgan. Akkumulyatorining sig‘imi 3000 mA/soat.
Modelning narxi 150 dollar, 18 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar