
Ilon Mask yaratgan sun’iy intellekt Grok 4 e’tibor markazida. Milliarder tadbirkor o‘zining xAI startapi orqali yangi avlod chatbotini ommaga namoyish qildi. Ushbu chatbotning salohiyati shunchalik yuqoriki, taqdimot paytida «hozirgi kunda dunyoda mavjud eng aqlli neyrosistema», deya ta’riflandi, deb yozadi Vloomberg.
Maskning ta’kidlashicha, Grok 4 nafaqat bir necha universitet bitiruvchilari darajasidagi aqlga ega, balki uning funksional imkoniyatlari real hayotda juda keng qamrovli hisoblanadi. Masalan, bu sun’iy aql ikki qora tuynukning o‘zaro to‘qnashuvini ilmiy asosda modellashtira oladi, sport bahslarining natijalarini bukmekerlar koeffitsiyentiga asoslangan holda bashorat qilishi mumkin va hatto mustaqil ravishda biznes yuritish qobiliyatiga ham ega.
Yanada qizig‘i, Grok 4 Marsni mustamlaka qilish bo‘yicha SpaceX loyihalarida ham foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mask bu neyrointellektni hatto fizikaning yangi qonunlarini ochishda qo‘llash niyatida.
Ta’kidlanishicha, Grok 4 ovozli muloqot sohasida ham jiddiy yutuqlarga erishgan. U shivirlash, kuylash, turli nutq intonatsiyalarini ishlatishni o‘rganib, real odam singari mulohaza qilish darajasiga yetib kelgan.
xAI kompaniyasi olib borgan test sinovlariga ko‘ra, Grok 4 bozordagi boshqa raqobatdosh neyrotarmoqlardan, jumladan ChatGPT'dan yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Bu esa uni intellektual muloqot dunyosidagi yangi liderga aylantirishi mumkinligini anglatadi.
Gap narxlarga kelganda, Grok 4'ning asosiy versiyasiga foydalanuvchilar oyiga 30 dollarlik obuna orqali ega bo‘lishlari mumkin. To‘liq imkoniyatlar, ya’ni SuperGrok Heavy uchun esa har oy 300 dollar to‘lash talab qilinadi.
Muttaxassislar fikriga ko‘ra, Grok 4 kelajakda nafaqat texnologiya, balki fan, tibbiyot va biznes sohalarida ham inqilobiy o‘zgarishlarga zamin yaratishi mumkin. Chunki u — faqat bot emas, balki sun’iy hamda evolyutsion aqlning real namunasidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar