date

Uber Baidu bilan birlashib robotaksi ishga tushirmoqchi

Uber Baidu bilan birlashib robotaksi ishga tushirmoqchi
Uber o‘zining navbatdagi robotaksi hamkorini e’lon qildi — bu safar u Xitoyning texnologik giganti Baidu bilan kelishuvga erishdi, deb TechCrunch xabar berdi.

Mazkur hamkorlik doirasida Baidu kompaniyasi o‘zining Apollo Go robotaksi avtoparkini Uber platformasiga ulashni boshlaydi. Xizmat dastlab Xitoyning Chunsin va Uxan shaharlarida ishga tushiriladi.

Uber uchun bu robotaksi sohasidagi ilk xalqaro hamkorlik emas. Kompaniya bundan oldin AQShda Motional va Waymo bilan hamkorlik qilgan. Baidu bilan kelishuv esa Uber’ning avtonom transport xizmatidagi global rejalarida navbatdagi muhim qadam sifatida qaralmoqda.

Baidu’ning Apollo Go robotaksi xizmati Xitoyda 2020-yildan beri faoliyat yuritmoqda va millionlab avtonom safarlarni amalga oshirgan. Bu xizmat Pekin, Shenchjen, Guanchjou kabi shaharlarda ham faol ishlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Uber Baidu bilan birlashib robotaksi ishga tushirmoqchi