
NVIDIA bir necha oylik reglament to‘siqlaridan so‘ng Xitoyga chip yetkazib berishni qayta boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb TechCrunch xabar berdi.
2023-yilda AQSh hukumati tomonidan kiritilgan eksport cheklovlari tufayli kompaniya Xitoydagi ba’zi sun’iy intellekt chiplarini sotishni to‘xtatgan edi. Bu cheklovlar Xitoyning ilg‘or texnologiyalarga erkin kirishini oldini olish maqsadida joriy etilgan.
Endi esa NVIDIA Xitoyga maxsus moslashtirilgan, nisbatan past quvvatga ega, ammo sanktsiyalar talablariga javob beradigan chiplar bilan qaytmoqchi. Bu kompaniyaga nafaqat daromadni saqlab qolish, balki global yetkazib berish tizimidagi muvozanatni tiklash imkonini beradi.
Analitiklar bu qarorni NVIDIA uchun strategik qadam deb baholamoqda. Xitoy dunyodagi eng yirik AI bozorlaridan biri bo‘lib, u yerda ishtirok etish kompaniya uchun katta iqtisodiy foyda keltiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar