date

Meta ovoz texnologiyasi startapi Play AI’ni sotib oldi

Meta ovoz texnologiyasi startapi Play AI’ni sotib oldi
Meta ovozli sun’iy intellekt texnologiyasiga ixtisoslashgan Play AI startapini sotib oldi, deb TechCrunch xabar berdi.

Play AI — interaktiv ovoz modellarini ishlab chiqayotgan, real vaqtli muloqot imkonini beruvchi AI tizimlar va foydalanuvchi ovozini tabiiy va hissiy ohangda qayta yaratadigan echimlar ustida ishlayotgan kompaniya hisoblanadi. Ularning texnologiyasi Meta’ning AI ekotizimiga, ayniqsa metavers va ovozli yordamchi xizmatlar uchun juda mos keladi.

Meta ushbu xarid orqali o‘zining LLaMA kabi til modellarini ovoz platformalari bilan birlashtirishni ham rejalashtirmoqda. Bu esa kelajakda interaktiv, real vaqtda ishlovchi ovozli yordamchilarni yaratishda muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Bitimning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan. Ammo soha kuzatuvchilari bu xarid Meta’ning AI bo‘yicha ovoz va muloqotga oid ambitsiyalari ortib borayotganidan дарак беради, деб hisoblamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Meta ovoz texnologiyasi startapi Play AI’ni sotib oldi