date

Apple'dan yangi smartfonlar: sana ma’lum bo‘ldi

Apple'dan yangi smartfonlar: sana ma’lum bo‘ldi
Apple korporatsiyasi an’anaviy ravishda kuz oyidagi yirik tadbirlaridan birini tayyorlamoqda. Bu galgi taqdimotda ham yangi iPhone modellari jamoatchilikka namoyish etilishi kutilmoqda. Bloomberg nashrining ishonchli manbasi, tahlilchi va insayder Mark Gurmanga ko‘ra, iPhone 17 lineykasi 2025 yilning sentyabrida, ya’ni oyning dastlabki 10 kuni ichida namoyish etiladi. Eng ehtimolli sana sifatida 9 yoki 10 sentyabr ko‘rsatilmoqda.

Mazkur tadbirda Apple kompaniyasi to‘rtta yangi qurilmani taqdim etishi kutilmoqda:
iPhone 17,
iPhone 17 Air,
iPhone 17 Pro,
iPhone 17 Pro Max.


Aytish kerakki, iPhone 17 Air — avvalgi yillardagi Plus versiyasining o‘rnini bosuvchi yangi formatdagi smartfon sifatida taqdim etiladi. Apple, ehtimolan, bu nom orqali dizayndagi yengillik, qalinlikning kamayishi va yangi texnologiyalarning uyg‘unligini ta’kidlamoqchi.

Hozircha Apple tomonidan rasmiy sana e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, insayderlar ma’lumotiga asoslanib, sentyabr oyining birinchi yarmidagi yirik taqdimot kutilayotgani aniq. Yangi modellar xususiyatlari, dizayni va narx siyosati haqidagi ma’lumotlar yaqin kunlarda ochiqlanishi mumkin.

Apple ishqibozlari va texnologiya olami bu yangilikni katta qiziqish bilan kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple'dan yangi smartfonlar: sana ma’lum bo‘ldi