
Grok sun’iy intellekt platformasidagi ikkinchi anime-kompanyon endi Valentin deb nomlanadi, deb uz.kursiv.media xabar berdi. Bu haqda Ilon Mask ijtimoiy tarmoq X’da ma’lum qildi.
Mask bir kun avval anime uslubida chizilgan bir yigit rasmi bilan post ulashgan va foydalanuvchilardan unga nom taklif qilishlarini so‘ragan edi. Takliflar orasidan Mask “Valentin” nomida to‘xtadi.
Valentin — fantast yozuvchi Robert Heinlein’ning “Stranger in a Strange Land” romanidagi bosh qahramon sharafiga qo‘yilgan nom. Aynan shu asarda “Grok” atamasi ilk bor ishlatilgan bo‘lib, bu “tushunmoq, his etmoq, qabul qilmoq” degan ma’noni anglatadi. 1961 yilda chiqqan kitobdan so‘ng bu so‘z AQShdagi hippilar orasida mashhur bo‘lgan.
X tarmog‘ida yuzlab foydalanuvchilar kompanyon uchun nom taklif qildi. Ulardan biri hazil tariqasida “chatbot o‘zi odamlar yoqtirmaydigan nom tanlasin” deganida, Grok javoban “Adolf” nomini taklif qilib, bu so‘z “oliyjanob bo‘ri” degan ma’noni anglatishini eslatgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar