
Apple kompaniyasi o‘z tarixidagi eng qimmat iPhone modelini chiqarishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu yangi qurilma “iPhone 17 Ultra” deb nomlanishi mumkin va 2025 yilda taqdim etiladi. Uning taxminiy narxi 1 800 AQSH dollariga yetishi kutilmoqda (taxminan 21,6 million so‘m).
Yangi iPhone ilg‘or sun’iy intellekt imkoniyatlari, kuchli kamera tizimi va yuqori aniqlikdagi ekran bilan jihozlanadi. Qurilma titan korpusda ishlab chiqarilishi va uzoqroq batareya muddati bilan ajralib turadi.
Apple ushbu model orqali premium foydalanuvchilarni nishon qilib, bozordagi yetakchi pozitsiyasini mustahkamlamoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar