
Netflix o‘zining serial va filmlarida generativ sun’iy intellekt texnologiyalarini amalda qo‘llay boshladi, deb xabar bermoqda TechCrunch.
Kompaniya sun’iy intellekt’dan animatsiya yaratish, ssenariy yozish va post-ishlov (postproduction) bosqichlarida foydalanmoqda. Netflix’ning maqsadi — ijodiy jamoalarga yordam berish, ish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish.
Sun’iy intellekt texnologiyasi ayniqsa multfilmlar va fantastik janrdagi loyihalarda sinov tariqasida ishlatilmoqda. Masalan, ba’zi seriallarda vizual effektlar va ovozli dublyajlar sun’iy intellekt yordamida tayyorlanadi.
Netflix bu texnologiyani inson ijodkorligini almashtirish emas, balki uni kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatayotganini ta’kidladi. Kompaniya mualliflik huquqlari va inson mehnatiga hurmat asosida harakat qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar