
Yangi modellarning tasvirlari oldin ham paydo bo‘lgan, lekin endilikda lineykadagi barcha rang variantlarini ko‘rish mumkin.
Android Headlines nashri Pixel 10'ning bazaviy modelining barcha to‘rtta rangdagi renderlarini taqdim etdi. Yangi modellarning rasmiy ranglari shunday — Obsidian, Indigo, Frost va Limoncello. Shuningdek, manba yangi modelning avvalgisidan asosiy farqini ham ko‘rsatdi: Pixel 10 teleobyektivga ega bo‘ladi, bu funksiya hozircha faqat Pixel 9 Pro‘da bor edi.

Nashrning ma’lum qilishicha, Pixel 10'da barcha kamera sensorlari o‘lchami kichikroq bo‘ladi, bu orqali oddiy va Pro-model o‘rtasida farq yaratiladi. Asosiy va keng burchakli modullar Pixel 9a byudjet modelidan olinadi, teleobyektiv esa Pixel 9 Pro Fold modelidan o‘tadi.
Pixel 10 va boshqa qurilmalar taqdimoti 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadi — mish-mishlarga ko‘ra, yangi modellar juda qimmat bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar