Apple App Store’da ilovalar uchun yangi yosh reyting tizimini joriy etdi — endilikda kontentlar 13, 16 va 18 yoshga mos toifalarga ajratiladi, deb rozetked.me xabar berdi.
Ushbu yangilik App Store’da foydalanuvchilar xavfsizligini kuchaytirish va bolalarni noqulay kontentdan himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Yangi reyting tizimi orqali ishlab chiquvchilar o‘z ilovalarini aniq yosh guruhi uchun belgilashlari shart. Bu esa nazoratni kuchaytiradi.
Apple ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘zgarish App Store’ning barcha versiyalarida amal qiladi, jumladan, Yevropa Ittifoqi qonunlariga muvofiq ravishda.
Foydalanuvchilar o‘z akkaunti orqali qaysi yosh toifasiga mos ilovalarni yuklab olishini boshqarishi mumkin bo‘ladi.
Bu tizim ota-onalar va tarbiyachilar uchun ham qo‘shimcha nazorat imkoniyatini yaratadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!