Google Chrome AQShdagi foydalanuvchilar uchun onlayn do‘konlar haqida SI asosida tayyorlangan qisqa sharhlarni joriy qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Ushbu funksiya Google’ning Gemini AI tizimi orqali ishlaydi va xaridorlarga mahsulot tanlashda yordam berish uchun do‘kon haqida umumiy ma’lumotni taqdim etadi.
Sharhlar do‘kon saytlaridagi ma’lumotlar, xaridorlar fikrlari va Google’dagi manbalarga asoslanadi.
Foydalanuvchi do‘kon veb-saytiga kirganda, Chrome avtomatik tarzda ma’lumotni tahlil qilib, bir necha satrda muhim jihatlarni ko‘rsatadi.
Bu imkoniyat hozircha AQShdagi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib, keyinchalik boshqa davlatlarda ham joriy etilishi mumkin.
Google bu yangilik onlayn savdoda aniq va ishonchli qaror qabul qilishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!