date

Apple kelasi chorakda 1,1 mlrd dollarlik boj to‘laydi

Apple kelasi chorakda 1,1 mlrd dollarlik boj to‘laydi

Apple kompaniyasi 2025 yilning keyingi choragida tarif to‘lovlari tufayli 1,1 milliard dollar (14,3 trln so‘m) xarajatga duch kelishi kutilmoqda, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Bu yirik miqdordagi xarajat asosan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo tortishuvlari hamda import mahsulotlarga joriy etilgan yangi tariflar bilan bog‘liq.

Apple ma’lum qilishicha, ayrim qurilmalar va qismlar Xitoyda ishlab chiqarilgani uchun ularga yuqori boj to‘lovlari qo‘llaniladi. Kompaniya buni o‘z daromadiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan omil sifatida ko‘rmoqda.

Shu sababli, Apple ishlab chiqarish zanjirini boshqa davlatlarga o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Vetnam va Hindiston bu borada asosiy nomzodlar sifatida tilga olinmoqda.

Tahlilchilar bu jarayon Apple mahsulotlarining narxiga ham ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kompaniya hozircha foydalanuvchilar uchun narx oshishi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kelasi chorakda 1,1 mlrd dollarlik boj to‘laydi