Amazon bosh direktori Endi Jassi kompaniyaning ovozli yordamchisi Alexa orqali reklama joylashtirish imkoniyatini o‘rganayotganini ma’lum qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, bu qadam Alexa’ni foydalanuvchi bilan suhbat olib borish jarayonida “maqsadli reklama” vositasiga aylantirishi mumkin. Masalan, foydalanuvchi savol berganda yoki mahsulot so‘raganda, shu bilan bog‘liq reklama javob tarkibida berilishi mumkin.
Amazon bu orqali o‘z daromadini oshirish va Alexa xizmatini yanada tijoratga moslashtirishni maqsad qilmoqda. Shu bilan birga, kompaniya foydalanuvchi maxfiyligi va ma’lumotlar xavfsizligiga rioya qilinishini va’da qilmoqda.
Tahlilchilar bu qadam ikki tomonlama ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda: ba’zi foydalanuvchilar uchun bu noqulaylik tug‘dirsa, ayrimlar uchun esa foydali taklif bo‘lishi mumkin.
Alexa bugungi kunda millionlab qurilmalarda foydalaniladi va Amazon uchun strategik platforma hisoblanadi.
Kompaniya hozircha loyiha bo‘yicha aniq sana yoki texnik tafsilotlarni oshkor qilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!