Apple kompaniyasi 2025-yilning uchinchi choragida 94,04 milliard dollar daromad e’lon qilib, investorlar taxminlarini ortda qoldirdi. Ayniqsa, iPhone savdolari 13,5 foizga oshib, 44,58 milliard dollarga yetdi va bu pandemiyadan beri eng yirik o‘sish bo‘ldi. Kompaniya daromadining o‘sishiga AQShning Xitoyga qarshi tarif urushi ham ta’sir ko‘rsatdi — mijozlar narx oshishidan oldin mahsulot xarid qilishga oshiqdi.
Shunga qaramay, Apple’ga ushbu tariflar 1,1 milliard dollar qo‘shimcha xarajat keltirishi mumkin. Kompaniya bu bosim ostida ishlab chiqarishni Hindiston va Vetnamga ko‘chirmoqda.
Apple’ning boshqa mahsulotlari — Mac, Apple Watch va xizmatlar segmenti ham taxminlarni ortda qoldirdi. Shunga qaramay, Apple’ning sun’iy intellektga sust e’tibor qaratayotgani va Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan nazorat choralaridan bosim sezilmoqda.
Tim Kuk kompaniya sun’iy intellektga sarmoyalarni oshirayotganini ta’kidladi va “Apple doimo ilg‘or texnologiyalarni ommaga qulay qilishni maqsad qilgan,” dedi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!